Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Pazanda - Sad Love
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Choli Qushi-soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Yuz terisi uchun foydali 5 ta niqob

Kuz fasli yaqinlashmoqda. Bu mavsumda ayollar yuz terisiga yanada e’tiborliroq bo‘lishlari zarur.  
Krem va losyonlar qanchalik qimmat va reklama qilingan bo‘lmasin, baribir uy sharoitida tayyorlangan va muntazam ravishda qo‘llaniladigan niqoblarga hech narsa yetmaydi. Birinchidan, uy sharoitidagi vositalar arzon, ikkinchidan, tabiiy, uchunchidan samarali hisoblanadi. Undan tashqari uy sharoitida qilingan niqoblarda zararli kimyoviy moddalar bo‘lmaydi.
Oqartiruvchi niqoblar:
  • Yuzni oqartirish va yuz terisi rangini tiniqlashtirish uchun eng yaxshi vosita bodringdir. 
  • Bodringni qirgichdan chiqarib, o‘z holicha yuzga 15-20 daqiqaga surtib qo‘yamiz. So‘ng iliq suvda chayib tashlaymiz.
  • Ushbu niqobdan haftasiga 3 marta foydalanilsa, yuz terisi rangi oqaradi va tiniqlashadi.
  • Agar ter yog‘li bo‘lsa, u holda quyidagi losyondan foydalansa bo‘ladi:
  • Bir dona bodringni mayda to‘g‘rab yarim stakan aroq bilan qoplaymiz.
  • Yetti kundan so‘ng yog‘liq teriga ega yuzni parvarish qilish uchun losyon tayyor bo‘ladi.
Ozuqa beruvchi niqoblar:
  • Terini doimiy ravishda foydali mikroelementlar bilan oziqlantirib turish lozim. Buning uchun uy sharoitida bizga quyidagi vositalar yordam beradi:
Bir dona tuxum sarig‘ini olma yoki sabzi sharbati(mevadan sharbat olish uchun uni qirg‘ichdan chiqarib dokaga solib siqamiz) bilan aralashtiriladi va yuzga 10-15 daqiqaga suriladi. So‘ng iliq suv bilan yuvib tashlanadi. 
Yana bir niqobni tayyorlash uchun bizga tvorog yordam beradi.
Bir osh qoshiq tvorogni 1 choy qoshiq suyuq asal bilan aralashtiramiz va yuzga 10-15 daqiqaga surib qo‘yamiz(Muhim! Asalga allergiya yo‘qligini teriga ozgina surib ko‘rib oldindan tekshirib olish zarur). So‘ng iliq suvda yuvib tashlaymiz. 
 
Tozalovchi niqoblar:
  • Yuzni muntazam ravishda yuvganimiz bilan, teri teshikchalari orqali kirgan va yig‘ilib qolgan kir bunda ketmaydi. Shuning uchun tozalovchi niqoblarni muntazam ravishda yuzga qo‘llash lozim.
Terini tozalash uchun eng yaxshi vosita suli yormasi qo‘shilgan niqoblardir.
Bir osh qoshiq maydalangan suli yormasini 1 osh qoshib sut bilan aralashtirib yuzga 25 daqiqaga surib qo‘yamiz. So‘ng iliq suvda yuvib tashlaymiz.
Terining ichki qatlamlarini tozalash uchun bizga piling yordam beradi.
Piling-niqob: Bir choy qoshiq guruch kukunini (guruchni kofemaydalagichda kukun shakliga keltiramiz) 1 choy qoshiqda yarim-yarim qilib aralashgan asal va limon sharbati bilan qorimiz. Yuz terisini ushbu aralashma bilan asta ishqalab chiqib 15 daqiqaga qoldiramiz. So‘ng iliq suvda yuvib tashlaymiz.
Ushbu niqoblarni 1 oy davomida navbatma-navbat qo‘llasa, yuz terisi rangi, holati va ko‘rinishi yaxshilanganligi shundoq namoyon bo‘ladi. Uy sharoitidagi niqoblarning samarasi katta bo‘lgani bilan, unga ketgan mehnat va pul deyarli sezilmaydi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 8257 | Рейтинг: 0| Рейтинг: foydali, niqob, Yuz terisi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное