Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Titanik-soundtreck
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Pazanda - Im Loving You
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 20-dekabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

“O‘zgidromet” 20-dekabr, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 18-dekabr, shanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelgandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 904 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hududlarida, O‘zbekistonning, yog‘ishi, 20-dekabr, mumkin, yomg‘ir, kuni, ayrim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное