O‘zbekistonning qator hududlarida yerosti silkinishlari sezildi
18-dekabr kuni soat 10:42 da Tojikiston—Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning qator tumanlarida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila episentri Toshkentdan 150 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,6 ballga teng bo‘lgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Beshariq tumanida — 3 ball,
O‘zbekiston tumanida — 2-3 ball,
Bekobod shahrida — 2-3 ball,
Furqat tumanida — 2-3 ball,
So‘x tumanida — 2 ball,
Bekobod tumanida — 2 ball,
Shirin shahrida — 2 ball,
Qo‘qon shahrida — 2 ball,
Dang‘ara tumanida — 2 ball.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta Andijon viloyatida 12-dekabr kuni soat 03:30 4 ballik zilzila qayd etilgandi. Undan avvalroq, 17-noyabr kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon va Namanganda sezilib, magnitudasi 4,6 ballga teng bo‘lgandi.