2 yanvar, shanba kuni, soat 13:37da Toshkent shahrida navbatdagi yer qimirlashi kuzatildi.
Silkinish haqida hozircha biror rasmiy ma’lumot e’lon qilinmadi.
Toshkentda soat 13:37da sezilgan zilzila kuchi taxminan 2 ball bo‘ldi.
Kunning shu vaqtida Afg‘onistonning Hindukush viloyati hududida, Tojikistonning Dushanbe shahridan 296 km, Afg‘onistonning Fayzobod shahridan 72 km masofada 5,2 balli yer silkinishi qayd etilgan. Bu zilzila markazi 172 km chuqurlikda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Xitoyning shimoli-sharqida joylashgan Xeylunszyan viloyatida 6,4 magnitudali zilzila yuz bergandi.