Germaniya shifokorlari o‘zbekistonlik 13 nafar bolani
xayriya asosida operatsiya qiladi. Bolalarning Germaniyaga jo‘nab ketishi
12-fevralga belgilangan, deb xabar berdi "Turkiston press” nodavlat
axborot agentligi.
Navbatdagi ijtimoiy aksiya Germaniyaning Friedensdorf
International xalqaro tashkiloti va O‘zbekistonning "Sog‘lom avlod uchun”
xalqaro hayriya jamg‘armasi hamkorligi doirasida tashkil etildi.
Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi ijtimoiy nochor tabaqa –
kam ta’minlangan oilalar farzandlari, imkoniyati cheklangan va yetim bolalarga
yordam berishdan iborat. Bu safar Germaniya klinikalariga Jizzax, Namangan,
Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridan bolalar
jo‘natiladi.
16-fevralda Germaniya klinikalariga davolash uchun avval
jo‘natilgan yetti nafar bola qaytib keladi.
2002-yilda "Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi
va O‘zbеkiston Rеspublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Gеrmaniyaning
Friedensdorf International xalqaro tashkiloti bilan hamkorlik bitimi imzolagan
edi. Ushbu xalqaro tashkilot 1967-yili tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda 35
dan ortiq davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Tashkilotning asosiy
vazifasi 12 yoshgacha bo‘lgan bеmor va nogiron bolalarni davolash hamda
rеabilitatsiya qilishga yordam ko‘rsatishdan iborat.
2002–2014-yillar davomida Gеrmaniyaga 231 nafar
o‘zbekistonlik bola davolanish uchun yuborildi.
Bundan tashqari, Friedensdorf International O‘zbekistonda
tug‘ma jag‘-yuz defekti bilan tug‘ilgan bolalar operatsiyasini o‘tkazish uchun
grant mablag‘i ajratgan. Grant hisobidan 2013-yilda 237 nafar bola operatsiya
qilindi. Ushbu dasturning moliyaviy xarajati 26 million 750 ming so‘mni tashkil
qildi.
"Chiroyli oyoqchalar” loyihasi doirasida o‘tgan yili tug‘ma
oyoq nuqsoni bor deb tashxis qo‘yilgan 15 yoshgacha bo‘lgan 227 nafar bеmor
bola ham operatsiya qilindi.