Shifokorlar Jolini operatsiya qilishdan bosh tortdi
Hollivudning taniqli aktrisasi Anjelina Joli ko‘krak korreksiyasi uchun plastik jarrohlik amaliyotidan o‘tmoqchi edi. Ammo shifokorlar uning ortiq darajada ozg‘inligi bois bunday amaliyotni o‘tkazishdan bosh tortishdi. Bu haqda RadarOnline xabar bermoqda.
Aytilishicha, oxirgi paytda Joli shu qadar ozib ketganki, vazni 40 kg dan ham tushib ketgan. Bunday ahvolda jarrohlik amaliyoti mijozning sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Aktrisaga yaqin shaxslarning ma’lum qilishicha, Joli o‘zining yangi loyihasi – “Lojuvard sohil” filmi ustida ishlashga boshi bilan sho‘ng‘ib ketgani bois o‘ziga qaramay qo‘ygan va shu tariqa ozib ketgan.