Maradona ozish uchun oshqozonini operatsiya qildirdi
Diego Armando Maradona oshqozonida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan shifoxonani tark etdi.
Xabar qilinishicha, futbolchi Venesueladagi shifoxonalardan birida keyingi 10 yil ichida oshqozonini ikkinchi marta operatsiya qildirdi.
Bu orqali biroz oldinroq 55 yoshini nishonlagan futbolchi vazn tashlashi aytilgan. Shifokorlarning aytishicha, Maradonaning hozirgi holatida unga 75 kilogrammdan ortiq vaznga ega bo‘lish xavfli hisoblanadi. 10 yil avval ham unda shu maqsadda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgandi.
Sobiq futbolchining sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar 2004 yilda paydo bo‘lgandi. 2004 yilda u oshqozoni va yuragidagi muammolar tufayli 2 marta reanimatsiyaga tushgandi.
Uning sog‘ligidagi muammolar yoshligida giyohvand moddalar qabul qilgani bilan bog‘lanadi.