Rossiyada Germaniya eksporti 35 foizga tushib ketdi
2015 yil yanvar oyi yakunlariga ko‘ra Rossiyaga Germaniya mahsulotlarining eksport qilinish ko‘rsatkichlari 35.1 foizga tushib, 1.44 mlrd yevroni tashkil qilgan. Germaniya Federal statistik boshqarmasining Reuters agentligiga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bunday tushish 2009 yildagi moliyaviy inqirozdan buyon kuzatilmagan edi.
Rossiyaga Germaniya eksportining hajmi 2014 yil yanvarida 2.2. mlrd yevroni tashkil qilgan edi. Bunday keskin tushish G‘arb davlatlarining Rossiyaga nisbatan joriy qilgan sanksiyalari hamda rubl kursining tushishi bilan bog‘lanmoqda.