Germaniyadagi bog‘da bir ayol o‘z-o‘zidan yonib ketdi
Germaniyaning Flensburg shahrida bir ayol yonib ketdi. Bu voqea mahalliy bog‘da sodir bo‘ldi. Ayol dam olib o‘tirgan joyida yonib ketdi. Flensburger Tagesblatt nashrining ta’kidlashicha, ayol o‘z-o‘zidan yonib ketgan.
Guvohlarning ta’kidlashicha, darhaqiqat, olov chaqiradigan hech narsa bo‘lmagan, u o‘z-o‘zidan o‘t olgan, mutlaqo ovoz ham chiqarmagan. Odamlar olovni o‘chirishga kirishishgan, kimdir tez yordamni chaqirgan. Ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
40 yoshli ayol aslida Mavrikiyda tug‘ilgan bo‘lib, keyinroq Germaniyaga ko‘chib o‘tgani ma’lum.
Polisiyaning xabar qilishicha, ismi keltirilmayotgan ayol o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin.