O‘zbekistonga ko‘p martalik viza narxi e’lon qilindi
O‘zbekistonda uch yillik muddatga beriladigan ko‘p martalik vizani rasmiylashtirib berish uchun konsullik yig‘im miqdori o‘rnatildi, deb yozadi Sputnik.
O‘zbekistonga ko‘p martalik kirib/chiqish huquqini beruvchi uch yillik muddatga ega vizani olish 350 dollar bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga 8500 EKIHdan kam bo‘lmagan miqdorda (aksiya va xo‘jalik jamiyatlaridagi ulushlarni xarid qilgan, chet el korxonasini tuzgan) chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 3 yillik ko‘p martalik vizani rasmiylashtirishlari mumkin.
Bunday viza muddatini chegaralanmagan miqdorda, O‘zbekistondan chiqmagan holda uzaytirish mumkin.