O‘zbekistonda yo‘l qoidalarini buzgan piyodalar jarimaga tortiladi
O‘zbekiston IIV yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ko‘riladigan ma’muriy jazo choralariga o‘zgartishlar kiritildi. Sputnik agentligi adliya vazirligiga murojaat qilib, bu borada izohlar so‘radi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkentning asosiy chorrahalarida videokameralarning sinov tartibida o‘rnatilishi munosabati bilan ushbu o‘zgartishlar kiritilgan.
O‘zgarishlarning asosiy mohiyati shundaki, endilikda videokamera qayd qilingan har qanday qoidabuzarlik bo‘yicha maxsus bayonnoma tuzilmay, qoidabuzarni jarimaga tortish haqidagi qaror chiqariladi. Bu haqdagi ogohlantirish qoidabuzarning manziliga jarimani to‘lash haqidagi kvitansiya bilan birga yo‘llanadi.
Shuningdek, qoida buzgan piyodalar ham jarimaga tortiladi. Agar ular jarimani to‘lasa, unga kvitansiya berilsa, aks holda, agarda uning ayni chog‘da jarima to‘lashga imkoniyati bo‘lmasa yoki bu qarorga shubha bilan qarasa, voqea yuzasidan bayonnoma tuziladi.