2022 yil 1 yanvardan zaharlilik darajasi “Evro-4” ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan mashinalardan foydalanish va ularni sotish maqsadida “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirish taqiqlanadi.
Bu norma 30 oktyabrda imzolangan "2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi prezident farmonida belgilangan.
Shuningdek:
2020 yil 1 yanvardan boshlab “Evro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni ishga tushirish;
2022 yil 1 yanvardan boshlab “Evro-3”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini, 2023 yil 1 yanvardan boshlab esa “Evro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirish ham man etiladi.
O‘zbekistonga olib kiriladigan yangi mashinalarning ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi tasdiqlanadi.