O‘zbekistonda koronavirus tufayli imkon qadar ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilinmoqda
Ayni damda yurtimizda koronavirus tufayli favqulotda holat e’lon qilingan. Yurtdoshlarimizni ushbu virusdan himoyalash uchun kerakli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, televidenie orqali yurtdoshlarimizga koronavirusga chalinmaslik uchun odamlar bilan kamroq muomalada bo‘lish va imkon qadar ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilinyapti. P/S. Oramizda vahimaga beriluvchanlar va ana shu vahimani qo‘zg‘atuvchilar ham uchrab turibdi, afsuski. Shuni alohida ta’kidlashni istardikki, koronavirus — yengib bo‘lmas kasallik emas. Kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilsa, bu xastalikning aslo qo‘rqinchli joyi yo‘q.