O‘zbekiston Turkiyadan koronavirusni tez aniqlaydigan vosita sotib oldi
O‘zbekiston Turkiyadan koronavirusni 2 soat ichida aniqlaydigan test sotib oldi. Bu haqida Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kodjaga asoslanib Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Turkiyada ishlab chiqilgan vosita koronavirusni 2 soat ichida 99,6 % ishonchlilik bilan aniqlaydi. Ushbu tashhis vositasi JST standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ana shunday vositalardan 10 ming donadan buyurtma berishgan. Tibbiy vositalarni yetkazib berish yaqin orada boshlanadi.