Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Klon-soundtreck
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda koronavirus haqida soxta xabarlar tarqatayotgan 33 ta akkaunt aniqlandi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov mamlakatimizdagi haqiqiy vaziyatni soxtalashtirib talqin qilayotgan 33 ta akkaunt aniqlanganini ma’lum qildi.

“Mamlakatimizda virusli kasalliklarga qarshi kurash jarayonida o‘rnatilgan alohida tartib va qoidalar haqida ommaviy axborot vositalaridan bilib turibsiz. Aynan shu jarayonda ko‘plab mish-mishlar, noto‘g‘ri xabarlar, asossiz ma’lumotlar va aholi o‘rtasida sarosima uyg‘otuvchi axborot ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi kuzatilmoqda“, deydi IIV vakili.
Ishchi guruh tomonidan haqiqiy vaziyatni soxtalashtirib talqin qilayotgan, aholi orasida vahima keltirib chiqarishga qaratilgan, fuqarolar totuvligini buzish va vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatgan ijtimoiy tarmoqlardagi 33 ta akkaunt aniqlangan. Ulardan 25 tasi xorijiy mamlakatlardagi foydalanuvchilarga, 8 tasi esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishli. Hozirda ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlanib, tegishli tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, virusga chalingan hamda karantinda bo‘lgan fuqarolarning shaxslarini ommaga tarqatgan ikki nafar fuqaro aniqlanib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilar tomonidan soxta va asossiz ma’lumotlarni tarqatayotgan 13 nafar fuqarolarimiz aniqlanib, ularning to‘qqiz nafari bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. To‘rt nafarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘riladi.
Toshkent shahri, Xorazm, Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridagi dehqon bozorlarida savdo qilayotgan hamda shaxsiy transport vositalarida aholiga pullik xizmat ko‘rsatayotgan shaxslar tomonidan yuzaga kelgan vaziyatdan g‘araz maqsadlarda foydalanib, mahsulotlarining hamda xizmat ko‘rsatish narxining asossiz oshirib yuborganligi aniqlangan 27 nafar fuqarolar bilan tegishli tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga eslatib o‘tamiz:
- asoslanmagan ma’lumotlarga ishonmang, xabarlar bilan rasmiy manbalar orqali tanishing;
- o‘tkinchi hissiyotlarga berilmang, vahima va sarosimaga tushmang, bugungi harakatlaringiz oqibatida ertaga tanishlaringiz yoki oilangiz oldida uyalib qolishingiz mumkin;
- vaziyatdan foydalanib, shaxsiy manfaat yo‘lida g‘araz maqsadlarni ko‘zlamang, har bir noqonuniy xatti-harakatingiz uchun javob berishingizni unutmang;
- mamlakatimizdagi barqarorlikni izidan chiqarish niyatida bo‘lgan yovuz niyatli kuchlarning o‘yinchog‘iga aylanib qolmang. Unutmangki, har bir holat zudlik bilan aniqlanadi, aybdorlarga nisbatan qonuniy tartibda qat’iy chora ko‘riladi.
Barcha savollaringiz bo‘yicha alohida faoliyat ko‘rsatayotgan 1003 raqamli tezkor aloqa tarmog‘iga murojaat qiling. Aniq axborotni ijtimoiy tarmoqlardagi @koronavirusinfouz rasmiy manzilidan bilib olishingiz mumkin, deyiladi IIV bayonotida.

 


Manba:sof.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3087 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное