O‘zbekistonda kelgusi oydan benzin narxi ham ko‘tariladi
O‘zbekistonda joriy yil 16-noyabrdan boshlab benzin narxi 5 foizga oshiriladi. Bu Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Turon 24”.
Benzin va dizel yoqilg‘isi narxlari 16-noyabrdan quyidagicha bo‘ladi:
Ai-80 markali avtobenzin — 4 000 so‘m/litr;
Ai-91 markali avtobenzin — 4 500 so‘m/litr;
dizel yoqilg‘isi — 4 800 so‘m/litr;
dizel yoqilg‘isi EKO — 4 900 so‘m/litr.
Qonunda ko‘rsatilgan tegishli toifadagi shaxslarga (nogironlar, urush qatnashchilari va hokazo) benzin olish uchun oyiga 66 700 so‘mdan kompensatsiya to‘lab boriladi.