O‘zbekistonda boshlang‘ich sinflar haftada 5 kun o‘qiydi
Joriy yilning 1 martidan boshlab Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tizimli ravishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinflari haftalik o‘quv davomiyligi 5 kun bo‘lgan o‘qish jarayoniga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi 11-sonli yig‘ilishi bayoni bilan shunday o‘zgarish joriy etilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hozir 1-sinf o‘quvchilari besh kunlik o‘qish tartibiga o‘tsa, keyingi o‘quv yilidan boshlab 5-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar ham bu jarayonga jalb etiladi.
Bu ota-onalarning farzandlari bilan oilaviy dam olishlariga, ular o‘rtasida mehr-oqibatni rivojlantirish, oilaviy an’analarni vujudga keltirish bilan izohlanadi.