Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda Avtomobil sotib olish osonlashtiriladi

O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi va “O‘zavtosanoat” DAK GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarni sotish bo‘yicha namunali shartnomani o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Carzone” nashri xabar bermoqda.
Bugungi kundagi tartibga ko‘ra, mijoz GM Uzbekistan’ning rasmiy dileridan xarid qilmoqchi bo‘lgan avtomobili narxining 85 foizini avans tariqasida, qolganini esa mashinani olish chog‘ida to‘laydi. Xaridor avtomobilning kelishini, uning rusumiga qarab, bir yilgacha kutishi mumkin.
Yana bir muammoli jihat – zavod tarafidan shartnoma tuzilganidan avtomobil keltirilguniga qadar narx oshirilsa, mijoz o‘rtadagi farqni to‘lab berishi talab qilinadi.
“Bu O‘zbekiston uchun juda katta masala, aytishim mumkinki, 2015 yil va 2016 yil birinchi yarmidagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi eng o‘tkir muammo. O‘tgan yil boshida bu mavzuda katta shov-shuv ko‘tarildi, o‘shanda “O‘zavtosanoat” avtomobillar narxini 30 foizdan oshiqroqqa ko‘tardi, bu esa hali olinmagan avtomobillar uchun qo‘shimcha haq to‘lashga majbur bo‘lgan xaridorlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi”, – dedi agentlikning suhbatdoshi.
Davlat raqobat qo‘mitasi bu faktni o‘rganib chiqib, dilerlar haq, degan qarorga keldi. Ikki o‘rtada tuzilgan shartnoma bunday vaziyatni aniq-ravshan ifodalab, mijozni avtomobil narxi oshishi mumkinligidan ogohlantiradi. Agar shartnoma imzolansa, u kuchga kiradi va birorta sud tomonidan bekor qilinishi mumkin emas, deb ta’kidladi qo‘mita vakili.
Ammo bu vaziyat o‘zgartirilmaydi, degani emas. Qo‘mita va “O‘zavtosanoat” mutaxassislari bugun mavjud namunali shartnomani o‘zgartirish bo‘yicha hamkorlikda ish olib bormoqda. Jumladan, avtomobil yetkazishning yangi muddati 90 kun oshmasligi lozim, deb belgilanishi mumkin, shuningdek, narx oshganda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalasini aniqlashtirish talab etiladi.
Bundan tashqari, Davlat raqobat qo‘mitasi xaridorlar uchun muhim bo‘lgan boshqa yo‘nalishda ham faoliyat olib bormoqda. Hozirlikda rasmiy dilerdan mashina xarid qilgan jismoniy shaxslarga uni bir yil davomida sotish taqiqlanadi.
“Bu tizim besh yil muqaddam bozordagi olib sotarlikka chek qo‘yish maqsadida joriy qilingan edi. Odamlar o‘nlab mashina sotib olib, ularni bozorda qaytadan sotgani va ajiotaj keltirib chiqargani ma’lum. Bugun vaziyat boshqacha, bozor sekinlik bilan to‘yinib bormoqda, va payti kelganda biz mazkur taqiqni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqamiz. Ammo hali buning vaqti kelmadi”, – ta’kidladi nomi keltirilmagan vakil.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8583 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekistonda, Avtomobil sotib olish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
lord_uz_ru Plastik kartochkalar orqali ham to'lovni amalga oshirish mumkinmi? Axir bu ham pul-ku!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное