Yanvar oyining oxirida O‘zbekistonda havo harorati sezilarli soviydi. Bu haqda “O‘zgidromet” axborot bermoqda.
27-yanvar
Havo harorati pasayishni boshlaydi, butun mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi, ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin. Kechasi Qoraqalpog‘iston, Xorazmda, shuningdek, Navoiy viloyati shimolida -8 darajagacha, tog‘li hududlarda esa -10 darajagacha soviydi, qolgan hududlarda 0 darajadan tushmasligi kutilmoqda. Kunduzi tog‘li hududlarda -5 darajagacha, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda, shuningdek, Navoiy viloyatida shimolida -3 darajagacha sovuq bo‘lishi, qolgan hududlarda +3…+10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
28-yanvar
Butun mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi mumkin. Kechasi butun O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayadi, shimoliy hududlar (Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Navoiy viloyati shimoli)da -12 darajagacha, Farg‘ona vodiysida -8 darajagacha, janub (Qashqadaryo, Surxondaryo)da -7 darajagacha, markaziy viloyatlarda (Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo) esa -3 darajagacha sovuq bo‘ladi. Kunduzi ham sovuq iqlim sharoiti saqlanib qoladi.
29-yanvar
Butun mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi mumkin. Kechasi shimoliy hududlarda -12 darajagacha, Farg‘ona vodiysida -8 darajagacha, janubiy va markaziy viloyatlarda -7 darajagacha sovuq bo‘ladi. Kunduzi ham sovuq iqlim sharoiti saqlanib qoladi, ba’zi hududlarda +3…+5 darajagacha iliq bo‘lishi mumkin.
30-yanvar

|