Chevrolet brendi O‘zbekistonda eng ommaviy brend bo‘ldi
O‘zbekistonda eng ommaviy brend bo‘lib Chevrolet brendi hisoblanmoqda. Bundan Google kompaniyasining tahliliy hisobotida keltirilgan ma’lumotlar darak bermoqda.
2014 yilda O‘zbekistonda bu brend bo‘yicha bir oylik maksimal ko‘rsatkich internetda 1900 ta so‘rovni tashkil qildi.
Avvalroq 2010 yildan boshlab O‘zbekiston Chevrolet avtomobillarini sotish bo‘yicha eng muvaffaqiyatli bozorlar o‘ntaligiga kirishi ma’lum qilingan edi.
Qozog‘iston aholisi Hyundai (9900 so‘rov), Qirg‘iziston va Turkmaniston aholisi esa BMW avtomobillariga (mos ravishda 1300 va 1900 so‘rov) ko‘proq qiziqish bildirgan.