Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoq va messenjerlar faoliyati cheklanishi rostmi?

21 yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda Harakatning Toshkent shahar Kengashi raisi M.Zufarov 2015 yil davomida Harakatning hududiy Kengashi tizimidagi tuman Kengashlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida axborot berdi.
Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari tomonidan berilgan savollarga tegishli javob berildi.
Mazkur anjumandan so‘ng, ayrim internet nashrlarda O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoq va messenjerlar faoliyati cheklanishi haqida xabarlar tarqaldi.
Xususan nashrlarda bugungi kunda Harakat tomonidan ijtimoiy tarmoqlar, xususan "Telegram”, "Feycbuk” va "Odnoklassniki”ning texnik va boshqa imkoniyatlarini cheklash masalasi ko‘rib chiqilayotganligi haqida noto‘g‘ri axborotlar berilgan.
Ta’kidlash lozim, bugungi kunda “Kamolot” tomonidan internet tarmog‘ida milliy segmentni yanada boyitish, rivojlantirish hamda foydali resurslarni ko‘paytirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
“Kamolot” bugungi kunda "Feysbuk”, "Twitter” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga ega. Shuningdek, Harakat tomonidan an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan "Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika tanlovida "Yilning eng yaxshi blogeri” nominawiyasi bo‘yicha eng faol blogerlar ra-batlantirib boriladi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5357 | Рейтинг: 1| Рейтинг: O‘zbekistonda, ijtimoiy tarmoq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное