O‘zbekistonda tungi vaqtda navbatdagi zilzila qayd etildi
Bugun, 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:06 da Toshkent shahrida 2 ballik zilzila kuzatildi. Bu zilzila kuchini O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham sezishgan.
"Toshkent" markaziy seysmostansiyasi ushbu zilzila episentri Toshkent shahridan 550 kilometr masofada, Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgani haqida ma’lum qilgan.
Yevropa-O‘rtaer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, markazi Afg‘onistonning Hindukush tog‘larida, Ashkamish shahridan 28 km masofada, Tojikistonning Ishkamish shahridan 35 km masofadagi hududda ro‘y bergan bu zilzila magnitudasi 5,8 ballni tashkil etgan. Zilzila o‘chog‘i esa 225 km chuqurlikda joylashdi.