Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Ayol Qalbi - You can't say
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Ishq Ertagi - Title sound
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Efir Sirlari - Piano Version
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston telekanallarida dorilar reklamalarini qisqartirish rejalashtirilmoqda

Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi ishchi guruhining yig‘ilishida yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Reklama to‘g‘risida”gi 30 ta moddadan iborat qonun 1998-yil 25-dekabrda (bundan 23 yil avval) qabul qilingan bo‘lib, bugungi kunga qadar unga 15 marotaba o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Yangi tahrirdagi hujjat “reklama obyekti”, “nomaqbul reklama”, “axloqsiz reklama”, “yashirin reklama”, “homiylik” kabi yangi tushunchalar bilan to‘ldirilmoqda.

Shuningdek, televideniye, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va telekommunikatsiya tarmoqlarida reklama joylashtirish tartibi takomillashtirilmoqda. Yangi qonun bo‘yicha telekanallarda davomiyligi 10 daqiqadan kam bo‘lgan teleko‘rsatuvlarni reklama bilan uzib qo‘yishga va reklama bilan birga namoyish etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda quyidagilar taqiqlanmoqda:

  • taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi ko‘rinishiga o‘xshash shaxslarning ishtirok etishi;
  • olimlarning, tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, xuddi shuningdek alohida shaxslarning minnatdorligidan, tavsiyalaridan va reklama qilinayotgan dori vositalarining ta’siri haqidagi hikoyalaridan iborat bo‘lgan tavsiyalardan foydalanish taqiqlanmoqda.

Qonunda voyaga yetmaganlarni ularning ishonchi va tajribasi yetishmasligini suiiste’mol qilishdan himoya qilish tartibi ham alohida belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, ishchi guruh a’zolari tomonidan ayrim turdagi reklama vositalari orqali reklama tarqatishning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, televideniye, radio, bosma OAV, telekomunikatsiya tarmoqlari va internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatiladigan reklamaga qo‘yiladigan talablar batafsil ko‘rib chiqilgan.

Yig‘ilishda mazkur qonun ayni paytda Senat qo‘mitalarida hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokamalardan o‘tayotgani, barcha taklif va tavsiyalar inobatga olinishi va tegishli xulosa qabul qilinishi nazarda tutilgani ta’kidlab o‘tilgan. Qonun muhokamasi davom etmoqda.

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 838 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qisqartirish, dorilar, O‘zbekiston, rejalashtirilmoqda, reklamalarini, telekanallarida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное