O‘zbekiston maktablarida logopedik guruhlar ishga tushadi
O‘zbekiston maktablarida nutqida nuqson bor bolalar bilan ishlovchi mutaxassislar ish boshlaydi. Maxsus guruhlar tuzilib, bu guruhlarga quyi sinf o‘quvchilari qabul qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Bahriddin Shayvaliev ma’lumot berdi.
“Endi nutqida nuqsoni bor o‘quvchilarning ro‘yxati maktab direktori tomonidan tasdiqlanib, 15 sentyabrgacha uslubiy ta’minot hamda xalq ta’limi muassasalari faoliyatini tashkillashtirish tuman (shahar) bo‘limlaringa taqdim etiladi, - uning so‘zlarini keltiradi “Darakchi” gazetasi. – Oliy ma’lumotli logoped va defektologlar faoliyat yuritadigan bo‘linmasiga I va III darajali nutqi hamda nutq apparati organi harakati rivojlanmagan 1-4 si