Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Zerda - Soundtreck
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
Главная » Файлы »

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekistonda genetika sohasining yetakchi namoyandasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Abdumavlon Abdullayevich Abdullayev kecha, 8 dekabr kuni 92 yoshida vafot etdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov ta’ziya bildirdi. 

Abdumavlon Abdullayev 1930 yilning 13 iyulida Namangan viloyatida tug‘ildi. 1952 yili O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatib, mehnat faoliyatini O‘simlikshunoslik ilmiy tekshirish instituti O‘rta Osiyo tajriba stansiya kichik ilmiy xodimi lavozimida boshladi. 1961 yilda nomzodlik, 1973 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

Iste’dodli olim o‘zining qariyb 70 yillik ilmiy faoliyati davomida Fanlar akademiyasida fidoyilik bilan mehnat qildi. Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti kichik, katta ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri, direktori, O‘zRFA Prezidiumining qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘limi raisi hamda umrining so‘nggi kunlarigacha instituti bosh ilmiy xodimi lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib, ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shdi.

Abdumavlon Abdullayev ilmiy faoliyati davomida g‘o‘za genetikasining fundamental asoslarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Olim yaratgan ilmiy maktab asosida g‘o‘zaning bir qator yangi navlari kashf etildi hamda genetika seleksiyasida g‘o‘zaning yovvoyi turlaridan foydali donorlar sifatida foydalanish imkoniyati yaratildi. Mamlakatimiz paxtachilik ilm-fani rivojining fundamental asosi va milliy boyligi bo‘lgan g‘o‘za genlari kolleksiyasining asoschilaridan biridir. 

U 600 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 10 dan ortiq monografiyalar muallifi. Ilmiy maqolalarining 300 dan ortig‘i xalqaro nufuzli jurnallarda chop etilgan.

Jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq bergan zahmatkash olimning bevosita rahbarligida 20 dan ortiq fan doktori va 40 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlangan.

Akademik A.Abdullayevning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” (1980), “Mehnat shuhrati” ordeni (2003) “O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti” (2011) bilan mukofotlangan edi.

“Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Abdumavlon Abdullayevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, deyiladi Prezident ta’ziyasida.



Категория:
Просмотров: 735 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, judolikka, og‘ir, ilm-fani, uchradi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное