San’atshunoslik fanlari doktori, professor Oqilxon Ibrohimov 65 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
“Madaniyat va turizm vazirligi jamoasi Oqilxon Ibrohimov Akbarovichning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.
Oqilxon Ibrohimov 1958 yil tavallud topgan. U xorijda va respublikada nashr etilgan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20 ga yaqin darslik, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.