Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

O‘zbekiston afg‘on xalqiga 58 tonna insonparvarlik yordami yubordi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 58 tonna yukni o‘z ichiga olgan navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazib berdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan, O‘zbekiston Respublikasining birodar afg‘on xalqiga 58 tonnalik zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yuklari ortilgan avtomashinalari Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumaniga yetkazib berildi”, deyiladi xabarda.

Bu galgi ko‘rsatilgan yordam avvalgilaridan farqli ravishda, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarning o‘zlariga tarqatilgan.

420 ta oilaga mo‘ljallangan insonparvalik yordami tarkibida 50 kilogramdan un, 25 kilogramdan guruch, 10 kilogramdan shakar, 10 litrdan yog‘, 10 bankadan tushonka, 10 bankadan murabbo, 2 qutidan makaron, 2 qutidan lapsha mahsulotlari mavjud.





Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 735 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yordami, xalqiga, O‘zbekiston, 58 tonna, yubordi, afg‘on, insonparvarlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное