Nargiz Zokirova sahnaga Alisher tayyorlagan liboslarda chiqadi
Zokirovlar sulolasi vakilasi – xonanda Nargiz liboslarini
qanday tanlaydi? Ma’lum bo‘lishicha, uning barcha sahna liboslari va
imijini o‘zbekistonlik taniqli stilist Alisher tayyorlaydi. Bu xususda
mytashkent.uz sayti xabar bermoqda.
Alisher
ko‘pdan buyon rossiyalik primadonna Alla Pugachyova bilan hamkorlik qilib
keladi. "Golos” shousi tufayli shuhrat qozongan Nargizga ham mazkur stilistni
aynan Pugachyova tavsiya etgan.
"Alla
Borisovna bizni ruhan qo‘llab-quvvatlab turadi. Biz u kishi bilan tez-tez
qo‘ng‘iroqlashib, maslahatlashib turamiz”, — deya tan oladi Zokirova.
Saytning
xabar berishicha, Nargiz Zokirova bir yil davomida Rossiya bo‘ylab ijodiy
safarda bo‘lib, konsertlar qo‘yishi rejalashtirilgan.
2013-yili
mazkur xonanda "Golos” loyihasida ikkinchi o‘rinni egallaganligidan xabaringiz
bor. Uning sahifasi ruscha "Vikipediya”da eng ko‘p o‘qilgan sahifa bo‘lganligi haqida
ham yozgan edik.