Nargiz Zokirova Katta Kreml saroyidagi konsert chog‘ida sahnadan tushib ketdi
Xonanda Nargiz Zokirova Moskvadagi shifoxonalardan biriga yotqizildi. Aytilishicha, u Katta Kreml saroyida bitiruvchilar konsertida chiqish qilayotgan paytda sahnadan tushib ketgan.
Voqea 19 iyun kechasi sodir bo‘ldi. Zokirovaning o‘zi sahnadan tushayotgan payti zinaga noto‘g‘ri oyoq qo‘ygani tufayli yiqilib tushganini aytdi. Shifokorlar u umurtqasining bel qismidan jiddiy jarohat olgan.
Xonanda shifoxonada olib qolinmagan, uyiga qaytarib yuborilgan. Lekin shifokorlar unga bir muddat dam olishni tavsiya qilgan.