6-dekabr kuni Rossiyaning Birinchi kanali orqali namoyish
etilayotgan "Golos” teleloyihasi ishtirokchilari o‘rtasida chorak final
bahslari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Mezon” nashri xabar bermoqda.
Unda har
bir murabbiy jamoasidan uch kishi sahnaga chiqdi. Ulardan faqat bittasi
teletomoshabinlar va murabbiy tomonidan tanlab olindi. Muxlislar g‘olibni
maxsus raqamga xabar jo‘natish yoki qo‘ng‘iroq qilish orqali aniqlash imkoniga
ega bo‘ldi.
Gradskiy
jamoasidan Sergey Volchkov, Pelageya shogirdlaridan Tina Kuznetsova, Dima Bilan
jamoasidan Andrey Svetkov yarim finalga yo‘llanma oldi.
An’anaga
ko‘ra, sahnaga so‘nggi bo‘lib chiqqan Leonid Agutin shogirdlari — Pyotr
Yelfimov, Elina Chaga va Nargiz Zokirova ichida hamyurtimizga yana o‘z
iste’dodi keyingi bosqichda ishtirok etish imkonini yutib berdi.
Nargiz
afsonaviy "Nirvana” guruhining mashhur "Smells Like Teen Spirit” qo‘shig‘ini
ijro etdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.