Moskvada mehnat muhojirlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tdi
15 fevralga o‘tar kechasi Moskvaning janubi-sharqidagi yotoqxonalardan birida Rossiyaning turli chekkalaridan kelgan ishchilar va kelib chiqishi markaziy osiyolik bo‘lgan mehnat muhojirlar guruhi o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalariga asoslangan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar tarqatgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, rossiyaliklar guruhi Staroobryadcheskiy ko‘chasida joylashgan yotoqxona oldidagi kafeda spirtli ichimlik ichishgan. Biroz o‘tib ular va shu yotoqxonada istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik hamda tojikistonliklardan iborat guruh o‘rtasida kelishmovchilik sodir bo‘lgan. Bu kelishmovchilik ommaviy mushtlashuvga aylanib, janjal ishtirokchilari bir-birlariga bolg‘alar va pichoqlar vositasida hujum qilishgan.
Ushbu to‘qnashuv natijasida ishtirokchilardan 2 nafari tan jarohatlari olishgan, 15 kishi qo‘lga olingan.
Hodisa tafsilotlari tergov qilinmoqda.