Moskvada IShIDning 20 nafar yollovchisi hibsga olindi
Moskvada IShID terrorchilik guruhi bilan aloqasi borlikda gumon qilinayotgan 20 ga yaqin kishi hibsga olindi. Bu haqda 30 martda huquq-tartibot muassasalaridagi manba RIA “Novosti” axborot agentligiga ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olinganlar Moskvada jangarilikka yollash bilan shug‘ullangan. Ayni vaqtda agentlik bu xabarning rasmiy tasdig‘iga ega emas.
"Interfaks" ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar Turkiya fuqarolari bo‘lib, ularning yonidan qalbaki hujjatlar topilgan. Ayni vaqtda ularning xalqaro ekstremistik va terrorchilik tashkilotlariga aloqasi borligi tekshirilmoqda.
Maxsus xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, IShIDda Rossiya va Yevropada teraktlar uyushtirishga tayyorgarlik bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo‘lim mavjud bo‘lib, unga "Bir qo‘lli" laqabiga ega Axmed Chetaev boshchilik qiladi. Bu bo‘lim asosan shimoliy kavkazliklardan iborat.