Moskva janubi kuchli yomg‘ir va shahar suv ostida qoldi
20 iyun kuni Moskva shahri janubida kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng suv toshqinlari yuz berdi. «Ha, hamma suzdi. Bunaqasini eslay olmayman», — deydi ushbu videolavha ortidagi ovoz. Moskva meteobyurosining ma’lumot berishicha, bir necha soat ichida iyundagi 75 millimetr me’yordan 35 millimetr ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lgan. Varshava shossesini yopib qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Moskva vaqti bilan soat 17:30da ham shosseda tirbandlik bo‘lib turgandi. Birozdan so‘ng esa Varshava shossesini kesib o‘tuvchi yerosti yo‘li butunlay suv ostida qoldi. Biryulevo rayoni ham qisman suv ostida qoldi, jumladan «Biryulevo tovarnaya» temir yo‘l stansiyasidagi yo‘llar ham. 2016 yilda Moskvada deyarli har yog‘ingarchilikdan keyin shaharda suv toshqini yuz berardi. «Vedomosti»ning yozishicha, hokimiyat shaharni obodonlashtirish vaqtida yog‘ingarchilik kanalizatsiyasi qurishni unutgan. Moskva meri Sergey Sobyanin o‘shanda ikki yil ichida shaharliklarni suv toshqinlaridan qutqarishga va’da bergandi.