Moskva havo haroratida 138 yillik rekord yangilandi
Rossiyaning Moskva shahrida meteokuzatuvlar natijasida aniqlanishicha, havo harorati 138 yillik natijani yangilagan va yangi rekord natija qayd etilgan.
Bugun, 17 dekabr kuni havo harorati 7,7 daraja bo‘lganligi qayd etilgan. Rossiya Gidrometmarkazining xabariga ko‘ra, 2006 yilda Moskvada harorat 6,1 darajaga yetgan va shundan keyin bunday harorat kuzatilmagan.
Hozir esa poytaxtda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati 5,7 darajada bo‘lib turibdi.
“Tvzvezda.ru” nashrining xabariga ko‘ra, dushanba kundan boshlab esa, haroratning keskin pasayishi kuzatilayotgani ta’kidlangan.