Biz Avstraliyaga Osiyo chempionati guruh bosqichidan chorak finalga chiqish va sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilish maqsadida yo‘l olgan edik. Xitoy bilan o‘yinni hisobga olmagan holda yigitlarimiz raqiblAriga munosib qarshilik ko‘rsatishdi.
Ammo Osiyo chempioni Janubiy Koreya bilan uchrashuvda terma jamoamiz a’zolari taktik va jismoniy jihatdan raqiblaridan kam emasligini ko‘rsatishsada, omad bizdan yuz o‘girdi. Futbolchilarimiz ko‘p hollarda vaziyatlardan unumli foydaplanisha olmadi. Buning uchun men muxlislardan uzr so‘rayman, – dedi futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov. – Ammo jahon chempionatining saralash uchrashuvlarida chiroyli o‘yin namoyish etib muxlislar ishonchini qozonishga harakat qilaman. Yigitlarning mahoratini oshirish uchun 27 mart kuni Janubiy Koreya bilan, 31 mart kuni Yaponiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazamiz.
Terma jamoaning murabbiy direktori Asqar Tolibjonovning aytishicha, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining yig‘ilishida yurtdoshlarimizning Osiyo chempionatidagi ishtiroki ko‘rib chiqilgan. Mag‘lubiyatga qaramay, terma jamoaga Mirjalol Qosimovning bundan keyin ham murabbiylikni davom ettirishiga kelishib olingan. Chunki jahon chempionatining saralash o‘yinlari boshlanishi oldidan murabbiyning almashtirilishi jamoadagi muhitga va o‘yinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq uning aytishicha, terma jamoa o‘yinchilari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Oliy ligada to‘p surayotgan jamoalardan yosh va iqtidorli yigitlar saralanib, terma jamoaga safarbar etiladi.
Mirjalol Q ni istefoga chiqarshish kerak bor gap shu Koreya bilan oyinda T Kopadzeni nima uchun oyinga tushirdi taktika qollab umuman bilmaydi MQQ janoblari
Mirjalol Qosimov qachongachom kechirim suraydi? Yo butun Terma jamoni yangilash kere! Har doim shu ahvol Muxlislar hammasi xafa! Shuncha Sharoit! Qayerga ketdi ketma-ket yangi Stadionlar qanchadan qancha mablag'lar shuni oqlanglar Ey Futbalistlar! Uzr bilan ish bitmaydi ku axir:@