23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida O‘zbekiston termasi chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Musobaqani Qatardan uchralgan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan Ravshan Haydarov shogirdlari, 2-turda mezbon Xitoy ustidan shu hisobda ustun kelgandi. 3-turda ham o‘zbekistonliklar ishtirok etgan o‘yinda faqatgina 1 ta gol urildi. Ummonga qarshi bellashuvda Doston Tursunov tomonidan urilgan gol Haydarov jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Parallel kechgan o‘yinda Qatar bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan Xitoyni taslim qildi — 2:1. Shu tariqa Qatar 9, O‘zbekiston 6 ochko bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Osiyo Chempionati U23
“A” guruhi. 3-tur
15-yanvar, dushanba
Xitoy — Qatar 1:2
Gollar: Yao Junsheng, 3 (1:0). Almuaz Ali, 44 (1:1). Almuaz Ali, 77 (1:2).
Chetlatish: Xe Chao, 41 (X).
O‘zbekiston — Ummon 1:0
Gol: Doston Tursunov, 37 (1:0).
O‘zbekiston U23: Botirali Ergashev — Abbos Otaxonov, Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev, Bobir Abdiholiqov, Javohir Siddiqov, Doniyor Narzullayev, Zabixillo O‘rinboyev.