Messidan kutilmagan qaror: U terma jamoani tark etmoqchi
Jahon chempionatini omadsiz boshlagan Argentina terma jamoasi yetakchisi Leonel Messi kutilmagan qarorga keldi. Kataloniyaning “Barselona” klubi yetakchisi “JCh-2018” nimchorak finaliga yo‘llanma uchun bo‘ladigan so‘nggi turda Nigeriya bilan bo‘ladigan o‘yindan so‘ng terma jamoadagi karerasini tugatmoqchi ekanini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, “JCh-2018”ning ilk turida uning jamoasi Islandiya bilan durangga imzo chekkan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda Xorvatiyaga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.