Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

“Meni kechirish mumkinmi?..”

“Ilm yo‘lida turmushga chiqishni ortga surgan, natijada qari qizga aylangan”
Elektron manzilimizga kelgan ushbu maktub, ochig‘i bizni biroz o‘yga toldirdi. Lekin ba’zi kishilarni mushohadaga, saboq ko‘chasiga boshlashi mumkinligini o‘ylab, e’tiboringizga havola qilishga jazm etdik. Ism sharifini sir saqlashimizni so‘ragan muxlisamiz xatini shunday boshlagandi...
“Ushbu maktubim aslida tahririyatga emas, sizga atalgan. Sizni hamon unutolmayman. Ehtimol, bu menga berilgan jazodir. Balki muhabbatning kuyib kul bo‘lgan, o‘zidan qoldirgan xunuk dog‘idir. Lekin bilamanki, muhabbatning o‘zi emas. Sababi, men o‘zimni sevishga qodir deb hisoblamayman. Yanayam to‘g‘rirog‘i, loyiq bilmayman...
Ramazon oyini poklanish, mag‘firat, iltijolar oyi deyishadi. Xudodan so‘raganim, meni kechirsin va sizga boshqa yuzlashtirmasin! Ko‘zlaringizga, o‘sha musaffo, beg‘ubor ko‘zlaringizga boqishga toqatim yo‘q!
Nega taqdir ikkimizning yo‘llarimizni bog‘ladi? Nima uchun sizdek pok, sofdil insonga mendek tuban, razil qizni ro‘baro‘ qildi?
So‘zlarim poyintar-soyintar...
Sizni o‘ylasam doim shunday bo‘ladi. Miyamga birdan juda ko‘p fikr yog‘ilib keladi va zumda tum-taraqay qocha boshladi. Men bir to‘da yovvoyi kabutarlar ichiga tushgan va ularni tutishga urinayotgan ovchi kabi shoshib qolaman. Mana hamma gapim poyonsiz osmonga sochilib ketgandek g‘oyib bo‘ldi. Nima deyishni ham bilmay qoldim. Keling, yaxshisi, boshidan gapira qolay...
Sizni aslida meng ko‘ngil qo‘ygan yigit  yaqindan tanirdi. Yanayam to‘g‘rirog‘i, u bilan bitta korxonada aka-ukadek ishlagansizlar. Ha, aynan aka-ukadek. Siz - aka, mening ko‘ngil qo‘ygan yigitim uka bo‘lgan. Chunki sizning yoshingiz bizdan ancha katta, yana bir marta turmushingiz buzilib ham ulgurgandi.
Biz esa «ukangiz» bilan shu qadar otash-alanga ichida edikki, boshimizga hijron soya solmoqda edi. Uni  bilmadim-u, bundan men telba bo‘lar darajaga kelayotgandim. Sababi, poytaxtdagi tahsilim, muhabbatimni uchratishim, u bilan ahdu paymon qilib, tosh shaharda qolishim, ijara uyda birga yashay boshlaganimizga ham yetti-sakkiz yil bo‘lib qolgandi. Men unga shu qadar ishonganimdan u bilan shar’iy nikoh o‘qitishga ham rozi bo‘lgandim, Binobarin, agar unga turmushga chiqmasam, boshqaning  ham umr yo‘ldoshi bo‘lolmasdim.  
Afsuski, Uning  aytishicha, uydagilari to‘yimiz tugul, hatto biznikiga sovchi bo‘lib borishga ham rozilik bermabdi.
—  Onam xuddi Farmon bibining o‘zginasi. Aytgani aytgan, degani degan, — dedi u o‘zini oqlab. — Men seni sevishimni aytdim. “Uydan bosh olib ketaman”, deb ham qo‘rqitdim. “Oq qilaman”, dedi onam tap tortmay. Nima qilay, onamning qarg‘ishiga qolaymi? 
Men piq-piq yig‘lagancha bosh chayqadim. 
—  Sen siqilma, — dedi u yana. — Men baribir sen bilan yashayman. Chunki sensiz yasholmayman. Onam fotiha qilgan qiz o‘zimizning qishloqdan, ona suti og‘zidan ketmagan, dovdir, ovsar qizaloq. Hali u bilan rasmiy nikohdan ham o‘tolmaymiz. Yosh chunki...  
—  Fotihangiz ham bo‘ldimi? — chinqirib yuboray dedim. 
—  Bo‘ldi. Bo‘lmagan bo‘lsa endi bo‘ladi... — bidirlashda davom endi u. — U qiz bilan hecham rasmiy nikohdan o‘tmayman. Ya’ni, nomiga qishloqdagi xotinim bo‘lib yuraveradi. Asosiy oilam sen bo‘lasan! Har doim sen bilan bo‘laman. Shaharda, yoningda.
—  Men shunaqa yuraveramanmi? Yoshim ham o‘ttizga borib qoldi, sizni deb. Kutib-kutib... 
—  Yo‘q... — dovdiradi u. — Rasmiy nikohim sen bilan bo‘ladi. Faqat... birdan emas. Mana bu to‘y o‘tsin, onam sal hovuridan tushsin! Keyin u bilan ajrashaman-da, senga uylanaman...
Yig‘ladim, siqtadim, o‘zimni o‘ldirmoqchi ham bo‘ldim. Lekin biribir taqdirga tan berishimga to‘g‘ri keldi. Sababi, ko‘ngil qo‘ygan shahzodam rostdan ham xotinini shaharga olib kelmadi. Pasporti  ham top-toza, rasmiy nikohi yo‘q. Har doimgidek yonimda. 
—  Meni rostdan sevarkansiz-a? — dedim yana bor g‘amni unutib. — Endi kichkinagina bo‘lsa ham to‘y qilaylik. Uyga bora olmay qoldim. Ota-onam xol-jonimga qo‘ymayapti “turmushga chiq” deb...
—  Birdan to‘y dema. O‘zi endi to‘ydan chiqdik. Pul qayda?
—  Men shunaqa yuraveramanmi? — alamdan yonib ketay dedim.
—  Xafa bo‘lmasang, bir gap aytaman. Faqat to‘g‘ri tushun. Bu ikkimizning baxtimiz uchun! Bilasanmi, ishxonamizda bir erkak bor. Sendan o‘n yoshcha katta. Oilasi bilan ajrashgan. Asosiysi, Toshkentda doimiy ro‘yxatda turadi. Uylanishga qiz qidiryapti. Shu bilan seni tanishtirsam...
—  Nima? — baqirib yubordim. – Axir men... sizning nikohingizdaman-ku? 
—  Nomiga, jonim. Menam seni birovga berib qo‘yadigan ahmoq emasman. Istasang,  javobing o‘zing bilan.  Uning puli bor. Rozi bo‘lsang, to‘y qilib uylanadi. Ham el oldida yuzing yorug‘ bo‘ladi, ham “prapiska”li bo‘lasan. To‘ydan keyin bir-ikki nag‘ma ko‘rsatasan, o‘zingga yaqinlashtirmaysan. Qarabsanki, janjal chiqadi. Nari-beri qilib, amallab ajrashguningcha menam qishloqi xotinimning javobini beraman. Keyin... keyin ikkalamizning yana boshimiz ochiq, eng dahshati, senda “prapiska” bo‘ladi. Shartta to‘y qilib, er-xotin bo‘lamiz-u hammasini unutamiz! 
Yigitimning aqliga lol qoldim. Bunchalar pishiq reja qachon yetildi unda? 
Shundan so‘ng u sizga men haqimda gapira boshlagan. Ilm yo‘lida turmushga chiqishni ortga surgan, natijada qari qizga aylangan, endi o‘zimga mos jufti halol topa olmayotgan ma’suma qiz timsolida ta’riflaydi meni. Gaplashib, uchrashib ko‘rishimizni taklif qiladi. Reja bo‘yicha men sizning yoshingiz ancha katta ekanligin ro‘kach qilib, noz qildim. Ammo yigitim “tasodifan” yo‘limdan chiqib qolgan bo‘lib, menga sizni ro‘baro‘ qildi. Men yolg‘onimizdan, qilayotgan fitnamizdan uyalib yerga kirgudek bo‘ldim. Bu esa sizga yigitlarga qiyo boqmay, kitobdan bosh ko‘tara olmay yurgan qizning ibosidek bo‘lib ko‘rindi. 
—  Olsam shu qizni olaman, olmasam ham shu qizni olaman. Bu zamonda unaqa uyatchan qizlarni topish qiyin, — debsiz unga  xursand bo‘lib. 
Albatta, bu qarordan keyin “ukangiz”ning  o‘zi ham picha o‘ylanib qoldi. Keyin ishonqiramay dedi:
—  Unga tekkaningdan keyin ajrashmayman, deb turib olmaysanmi?
—  Jinnimisiz? Amaki bo‘lib yotibdi-ku! Shuni sizga alishamanmi? — dedim kulib. 
Xullas, rejamiz silliq amalga oshdi. Siz meni uyimizdan qog‘ozga o‘ralgan oq qanddek pokiza qilib olib chiqdingiz. Risoladagidek sovchilar, tantanali to‘y, aqlli-xushli kuyov ota-onamning ham ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi, menga “boshlarini yerga qaratmaganim” uchun rahmat ham aytishdi. 
—  “O‘tirgan qiz o‘rnini topar”, — deya maqtashdi amma-xolalarim ham. 
Hamma xursand, hamma shod. Bir men xavotir va qo‘rquv ichidaman. Bu yog‘iga sizni qanday aldashni, qanday nag‘malar ko‘rsatishni o‘ylayman...
Bu yoqda “ukangiz” tinmay xabar yuboradi: “O‘zingga yaqinlashtirma! O‘ldiraman! O‘zing sharmanda bo‘lasan!”
—  Kuyovni ko‘rsam mahluqni ko‘rgandek bo‘lyaman. Yaqinlashib kelaversa, u bilan birga qop-qora narsa ham kelyapti. Voy-dod! — gapim yolg‘on bo‘lsa-da, rostmana jazavaga tushaman. 
—  Ko‘z tekkan! — deydi yangam.
—  Birov bir nima qildimikan? Duo-puo, a? — deydi boshqalar. 
U dedim, bu dedim. Mulla keldi, folbin keldi, otin keldi...
Oxiri yangalar ham uy-uyiga jo‘nadi. Bir haftalik “tomosha”lardan keyin siz ham taqdirga tan berdingiz. So‘ng oz-moz icha boshladingiz, keyin ko‘paydi. O‘zingizni bilmaydigan darajada ichib kelgan kuningizning ertasiga malomat qildim:
—  Sizdan buni kutmagandim. Shunaqa ham bo‘lasizmi? Asta-sekin sizga o‘rgana boshlayotgandim-ku! Majburlamasangiz ham...
—  Nima? Hali... 
Men hiqillab yig‘lay boshladim. Siz esa kelib meni quchdingiz:
—  Yig‘lamang! Kechiring! Boshqa ichmayman! Og‘zimga ham olmayman, o‘shani! Nima qilay, biroz siqildim, bu oilam ham buziladimi, deb qo‘rqdim. Ichgandan keyin balki alamda... Iltimos, kechiring. Aslida ko‘nglingizga qarab ish qilishga ahd qilgandim. Kechiring...
Siz o‘ta ishonuvchan edingiz. Ishondingiz menga. Men sizni yana aldashda davom etdim. Yashirincha u  bilan ham gaplashib  turdim. 
—  Qo‘lini ham tekkizmasin senga, qara... — derdi u alamiga chidolmay.
Ammo dilimni surishtirmasdi. Siz dilimga tegina boshlagandingiz. Xushxulqligingiz, odobingiz, mehringiz, oilaparvarligingiz tobora meni o‘ziga rom etayotgandi. Shundanmi, o‘zimni ixtiyoringizga topshirganimni bilmay qolardim...
Osuda, baxtli, to‘kis hayotimni ora-sira yigitimdan kelgan xabarlar buzardi:
“Bugun tushlik payti amallab ishdan chiqaman. Kvartiraga kel...”
Men go‘yo gul va tikon o‘rtasida his qila boshladim o‘zimni. Siz yoqimli gul kabi o‘zingizga tortardingiz, yigitim esa tikon kabi nashtar sanchardi:
—  Buzuq! Ikkita erkak bilan yashash yoqib qoldimi? Bo‘ldi, “propiska”ning harakatini qil. Keyin janjal chiqarasan!
Yana uning so‘zlaridan chiqa olmadim. Reja bo‘yicha ish qildik. O‘ylagan niyatimiz amalga oshgach, men qildan qiyiq axtarishga tushdim. 
—  Boshqa siz bilan yashay olmayman! Sizni yomon ko‘raman! — dedim oxirgi janjalimizda. 
Aslida buning aksi edi. Men yolg‘on gapirgandim. Nima qilay, shunga majbur edim. Men o‘yin o‘ynayotgandim va uni yakunlash fursati yetgandi...
Ajrashdik...
Sizga og‘ir bo‘ldi...
Sizdan-da, menga...
Unutolmayapman...
Najot oyi, panoh oyi, maxfirat oyi Ramazon! Meni gunohlarimdan pokla! Qiynoqlardan xalos et! 
Meni kechiring...”
N.USANBOYEVA oqqa ko‘chirdi



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 17169 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 0| Рейтинг: turmush, oila, ilm
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
yeva0903 Vapwe beti yo qizakan boru wundo narmalni xurmat qiladgan aqilli eri turp qayodi aprissi tanlab ketpti. Wunaqa qzlani db qogan qzlayam yomonga ciqadi xudo asrasn munaqa qzladan <_<
Like | 0
Azamat4846 Ahmo qizakan boru. Wundo aqqli bolani qadriga yetmabdi puff sanga. Endi owa yigitn bn yurvur iknci xotn bolb
Like | 0
Shox-17591 Ex ayollar ba'zida suvga tushgan mushukdek aslida..... <_<
Like | 0
998916232022 Sizdakalarni deb ota onalar farzandini oliygohda oqitiwni istawmiydi
Like | 0
998916232022 Sizdaka qizlani deb bowqa qizlaga iwonc yo. Hayf sizga. Hudo asrasin bunaqa farzanddan
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное