Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Maryam Tillyayeva O‘zbekistondagi “GAI”lardan nolidi
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayevaning Toshkentda o‘tkazgan so‘ngi kuni turli sarguzashtlarga boy bo‘ldi. Ularning aksariyati salbiy xotiralardan iborat.

Maryam buvisi Tatyana Karimovaning tug‘ilgan kuni va bobosi Islom Karimov vafot etgan kun munosabati bilan Toshkentda kelgan. Kecha, 5 sentyabr kuni u yana xorijga jo‘nab ketdi.

U tushlikka qadar boshini qattiq urib olgani va agarda miyasi chayqalgan bo‘lsa qanday alomatlar sodir bo‘lishi haqidagi savol bilan kuzatuvchilariga yuzlangan. Shundan so‘ng Maryam O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon bilan ko‘rishgan.

Maryamning obunachilariga keyingi murojaatlari video shaklida bo‘lgan. U o‘zbek tilini o‘rgana boshlagani va Toshkentdagi issiq ob-havoda nafas olib bo‘lmasligi haqida aytgan.

“Bugun mening Toshkentdagi so‘nggi kunim. Men bugun ketishimdan oldin o‘zbek tili darsiga borishga qaror qildim. Ertadan mening o‘qishim boshlanadi. Men hali o‘zimni sinfimni aniqlashim kerak, boshim esa qattiq og‘riyapti, katta g‘urra bo‘libdi, xullas bugun ko‘p voqealar sodir bo‘ldi va mening kayfiyatim rasvo. Yana ko‘chada 40 daraja issiq. Bu issiqda nafas ham olib bo‘lmaydi. Keyin bizda xayriya tadbiri va suratga olish jarayoni ham bor. Men ayollarga bo‘lgan munosabatda kichik bir muammoni yoritmoqchiman”, deydi u

Maryam ikkinchi videomurojaatida ularning avtomobilini har besh daqiqada YPX xodimlari to‘xtatayotganidan noligan va so‘zida “O‘zbekistonda” deya urg‘ulagan. Uning ta’kidlashicha YPX xodimlari mast haydovchilar bilan shug‘ullanishi kerak

“O‘zbekistonda bizni har besh daqiqada GAI (YPX – tahr.) xodimlari to‘xtatyapti. Har besh daqiqada! Ular rulda o‘tirgan mast haydovchilarni to‘xtatishlari kerak, lekin bizni to‘xtatyapti. Xullas rasvo kun, rasvo kayfiyat”, degan Maryam.

U mashinada yo‘lovchi o‘rindig‘ida bo‘lgan. Mashina ovozi, salonning ko‘rinishidan anglash mumkinki, bu avtomobil –  “Mercedes-benz G 63 AMG” (Gelendvagen) bo‘lib, uning O‘zbekistondagi bozor narxi komplektatsiyasiga qarab 300 000 — 400 000 $ turadi. Maryam instagram'ga joylashtirgan “storis”da ham uning ortida aynan shunday avtomobilni ko‘rish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Maryam Tillyayeva O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayevaning to‘ng‘ich qizi. Maryam 1999 yilning 20 yanvar kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O‘tgan yili u rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqqan edi, ammo joriy yilning iyul oyida ularning munosabati o‘z poyoniga yetgani ma’lum bo‘ldi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1420 | Рейтинг: 0| Рейтинг: nolidi, Maryam Tillyayeva, lardan, GAI, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное