Leonardo Di Kaprio “Oskar”ini restoranda unutib qoldirdi
Kechagina 22 yil kutib erishgan “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio muvaffaqiyatini restoranda nishonlash bilan band. Butun dunyo u uchun xursand bo‘lib, muxlislari shodlikdan o‘zini qo‘yarga joy topolmay turgan bir vaqtda, Leoning restoranda mukofotini unutib qoldirgani ayon bo‘ldi, deb yozadi “Peopletalk.ru” nashri.
Voqea quyidagicha bo‘lgan:
Restoran xizmatchilaridan biri qo‘lida “Oskar” haykalchasini ushlagancha do‘stlari bilan o‘rnidan turib eshik tomon yo‘nalayotgan Leoga qarab, "Buni o‘zingiz bilan olib ketish niyatingiz bormi?", – deydi. Leo esa unga javoban "Denga ber", – deb ko‘zlari bilan yonidagi do‘stiga ishora qiladi. O‘zi esa boshqa xizmatchining qo‘lidagi shisha idishdagi suvga qo‘l uzatdi.
Restoran xizmatchisining qo‘liga “Oskar” yetib kelguniga qadar, uni qo‘liga olib boshqaga uzatayotgan har bir odam “Bo‘rilar galasi, bo‘rilar galasi” deb takrorladi.
Leo hali ko‘p bor ushbu mukofotni qo‘lga kiritadi, degan umiddamiz. Keyingi safar u “Oskar”ini hech qaerda unutib qoldirmaydi va e’tiborli bo‘ladi deb o‘ylaymiz.