Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Leonardo Di Kaprio firibgarlikda ayblanmoqda

Aktyor Leonardo Di Kaprioning xayriya jamg‘armasi taxminan 3 milliard dollar pulni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.  
 
AQSh Adliya vazirligi mamlakat okrug sudiga Gollivud aktyorining fond orqali pul mablag‘larini o‘zlashtirgani ustidan shikoyat qildi.  Di Kaprio jamg‘armasi hisobiga deyarli 3 milliard dollar pul Malayziyaning 1MDB davlat fondidan o‘tkazilgan. Aktyor Malayziya jamg‘armasining pullarini o‘zlashtirgan odamlar bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda. 
 
Adliya vazirligining bayonnomasida moliyachi Ju Lou 1MDB fondining 1 milliard dollar mablag‘ini o‘zlashtirgani haqida ma’lumot keltirilgan. 2013 yilda Lou Di Kaprioning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etilgan kechaga tashrif buyurgan va aktyor jamg‘armasiga  bir necha  million dollar xayriya qilgan,  deyiladi xabarda.
 
AQSh Adliya vazirligi jamg‘arma faoliyatini tekshirishni va xayriyaga qancha mablag‘ sarflanishini taftish qilishni talab qilmoqda. 
 
1MDB jamg‘armasi 2009 yilda tashkil etilgan. U Malayziyadagi infrotuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan.  2015 yilda jamg‘arma mablag‘lari orasidan 3.5 milliard AQSh dollari o‘g‘irlandi, holbuki uning o‘zida 11 milliard AQSh dollar qarz bor edi.
Ruslan Sulaymonov


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5518 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Leonardo Di Kaprio
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное