Toshkent vaqti bilan 29-fevral kuni Los-Anjelesning “Dolbi” kinoteatrida “Oskar” kinomukofotining topshirilishiga bag‘ishlangan 88-tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Kutilganidek, Leonardo Di Kaprio birinchi marta eng yaxshi aktyor deb topilib, “Oskar” haykalchasi sohibiga aylandi. “Xona”dagi obrazi uchun Bri Larson eng yaxshi aktrisa deb tan olindi.
Eng ko‘p sovringa “Telba Maks” filmi ega bo‘ldi, lekin u asosan texnik nominatsiyalar bo‘yicha g‘alaba qozondi.
Eng yaxshi rejissura uchun “Oskar” olgan Alexandro Gonsales Inyarritu ketma-ket ikkinchi yil bunday sharafga sazovor bo‘ldi. U bilan ikkinchi yil hamkorlik qilayotgan Emmanuel Lyubetski esa ketma-ket uchinchi marta haykalchani qo‘lga kiritgan birinchi operatorga aylandi.
“Diqqat markazida” kartinasi yilning eng yaxshi filmi deb topildi (eng yaxshi original ssenariy uchun atalgan sovrin ham shu filmga ketdi).
TJournal 88-taqdimotda “Oskar”ni qo‘lga kiritgan g‘oliblar ro‘yxatini keltirdi. Eng yaxshi rejissor
Alexandro Gonsales Inyarritu (“Omon qolgan”) Eng yaxshi film
“Diqqat markazida” Eng yaxshi aktyor
Leonardo Di Kaprio (“Omon qolgan”) Eng yaxshi aktrisa
Bri Larson (“Xona”) Ikkinchi darajali eng yaxshi ayol roli
Alisiya Vikander (“Daniyalik qiz”) Ikkinchi darajali eng yaxshi erkak roli
Mark Raylens (“Ayg‘oqchi ko‘prigi”) Eng yaxshi original ssenariy
“Diqqat markazida” Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy
“Tushirish o‘yini” Eng yaxshi animatsion film
“Boshqotirma” Eng yaxshi hujjatli film
“Emi” Eng yaxshi liboslar
“Telba Maks: G‘azab yo‘li” Eng yaxshi dekoratsiya
“Telba Maks: G‘azab yo‘li” Eng yaxshi grim
“Telba Maks: G‘azab yo‘li” Eng yaxshi montaj
“Telba Maks: G‘azab yo‘li” Eng yaxshi ovoz montaji
“Telba Maks: G‘azab yo‘li” Eng yaxshi ovoz
“Telba Maks: G‘azab yo‘li” Eng yaxshi operator
Emmanuel Lyubetski (“Omon qolgan”) Eng yaxshi vizual effektlar
“Mashinadan” Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film
“Ayiq hikoyasi” Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film
“Daryodagi qiz: kechirim to‘lovi” Eng yaxshi qisqa metrajli film
“Duduq” Chet tilidagi eng yaxshi film
“Saul o‘g‘li” Eng yaxshi qo‘shiq
Sem Smit, Writing’s on the Wall (“Spektr”) Eng yaxshi original saundtrek
Ennio Morrikone (“Jirkanch sakkizlik”)