«Chelsi» va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Frenk Lempard futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e`lon qildi. U Instagram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida muxlislar bilan xayrlashgan.
38 yoshni qarshilagan Lempard «Vest Hem» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 21 yillik faoliyati davomida «Chelsi» «Manchester Siti» va «Nyu-York Siti» kabi jamoalarda to'p surdi.
Faoliyatining katta qismini, 2001 yildan 2014 yilgacha «Chelsi» safida o'tkazgan Lempard londonliklar jamoasi safaida 626 uchrashuvda maydonga tushib, 208 gol urdi va 150 marta jamoadoshlarini golli uzatma bilan ta`minladi. U London jamoasi bilan Angliya chempionatida 3 marta, Angliya Kubogida 4 marta, Angliya ligasi kubogida va Angliya Superkubogida 2 martadan g'olib bo'lgan. U shuningdek, Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasida bir martadan zafar quchgan.
Angliya terma jamoasi uchun Lempard 106 uchrashuv o'tkazgan va 29 golga mualliflik qilgan