1 mart kuni “Chelsi” “Tottenhem”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Angliya liga kubogi finalida g‘alaba qozonib, mavsumdagi dastlabki sovrinni qo‘lga kiritgan jamoaga aylandi.
O‘yinning birinchi bo‘limi tugashi arafasida burchakdan yetkazilgan to‘pni Terri darvoza to‘riga yo‘lladi (rekoshet yordamida). 56-daqiqada esa Fabregasdan uzatmani qabul qilgan Diego Kosta o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p Uokerning oyog‘iga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi.
O‘yinning qolgan daqiqalarida Mourino shogirdlari himoyada mustahkam o‘ynashdi. Shu tariqa, “Chelsi” o‘z tarixida beshinchi marta Angliya liga kubogini boshi uzra baland ko‘tardi.
Shuningdek, bu sovrin Joze Mourino “Chelsi” bilan birgalikda qo‘lga kiritgan yettinchi sovrin bo‘ldi.
Angliya liga kubogi, final
Chelsi – Tottenhem 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 45 Terri, 2:0 – 56, avtogol Uoker.
Chelsi – Chex, Zuma, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Villian (Kuadrado, 76), Ramires, Ivanovich, Fabregas (Oskar, 88), Azar, Diego Kosta (Drogba, 90).
Tottenhem – Loris, Dayer, Rouz, Uoker, Vertongen, Bentaleb, Meyson (Lamela, 71), Eriksen, Shodli (Soldado, 80), Taunsend (Dembele, 62), Keyn.
Ogohlantirishlar: Dayer (31), Villian (70), Keyxill (72), Bentaleb (78), Kuadrado (85).
|