Angliya Premer-ligasi 23-turidan o‘rin olgan «Chelsi» - «Manchester Siti» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi va unda 1:1 hisobidagi durang natijasi qayd etildi.
O‘yin asosan londonliklar ustunligida o‘tdi. Birinchi bo‘limning katta qismida «Chelsi» to‘p bilan muomila qildi, biroq manchesterliklar ham qarshi hujumlar tashkil qilishdi va ikki marta darvozabon bilan birga-bir vaziyatga ham chiqishdi.
Ammo hisob 41-daqiqagagina kelib ochildi. Ivanovich sap qanotdan Azarga to‘pni ajoyib tarzda yetkazdi, belgiyalik yarim himoyachi bo‘lsa to‘pni to‘xtatmasdan Remiga uzatdi. Remi bo‘ldi ochiq qolgan darvozaga to‘pni to‘g‘rilab qo‘ydi.
Oradan to‘rt daqiqa o‘tib hisob tenglashdi. Serxio Aguero Kuruaning xatosidan so‘ng to‘pni egallab olib unga zarba yo‘lladi, zarba biroq noaniq bo‘ldi, ammo to‘p yo‘liga David Silva chiqib bordi va uni darvoza tomon to‘g‘rilab qo‘ydi, 1:1.
Ikkinchi bo‘limda ham ikki jamoada gol urish imkoniyati bo‘ldi, biroq hisob o‘zgarmay qoldi.
APL, 23-tur
Chelsi – Manchester Siti 1:1 (1:1)
Gollar: 1:0 – 41 Remi, 1:1 – 45 Silva.
Chelsi – Kurtua, Ivanovich, Zuma, Terri, Aspilikueta, Ramires, Matich, Oskar, Villian (Drogba, 80), Azar, Remi (Keyxill, 87).
Manchester Siti – Xart, Sanya, Demichelis, Kompani, Klishi, Fernandino, Silva, Navas, Fernando (Lempard, 77), Milner, Aguero (Jeko, 84).
Ogohlantirishlar: Silva (52), Fernando (74).
Manba: www.uff.uz
|