Koronavirusga qarshi vaksina rossiyaliklar uchun bepul bo‘ladi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin "Rossiya 1" telekanalida gapirdi. "Vaksina paydo bo‘lganidayoq biz emlash kampaniyasini boshlaymiz", dedi u (RIA Novosti iqtibos keltirgan). Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, bu yil grippga qarshi emlashni kuchaytirish kerak, shunda "biz ikkita kuzgi epidemiyani takrorlamaymiz". Moskva merining ta’kidlashicha, sinovlarning ko‘payishi aniqlangan infeksiya holatlari sonining ko‘payishiga olib keladi. Umuman olganda, uning fikriga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmoqda. Avvalroq shahar hokimi vaksina kelgusi haftalarda ro‘yxatga olinishiga umid bildirgan edi.