Xushxabar! Rossiya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqdi
Rossiya Federal Biotibbiy agentligi koronavirus vaksinasining yetti prototipini ishlab chiqdi, dedi bo‘lim rahbari Veronika Skvorsova. Vaksina 11 oydan keyingina qo‘llash uchun tayyor bo‘ladi. Samaradorlikni oshirish uchun agentlik uch smenali ish jadvaliga o‘tdi. Oldinroq Xitoyda koronavirus vaksinasining klinik sinovlari boshlangan, bu 31 dekabrgacha davom etadi. Bu vaqt ichida vaksinani yaratuvchilar uning samaradorligini va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarni aniqlashni kutmoqdalar.