Xitoy koronavirusni yenggani haqidaga xushxabarlar ortidan virusning vatani yana epidemiologik xatar ostida qolmoqda. Kunchiqar mamlakat endi xorijdan virusning kirib kelishi oldini olishga majbur bo‘lmoqda.
Rossiyadan vataniga qaytgan 20 nafar Xitoy fuqarosida koronavirus aniqlandi: ular o‘z vataniga Vladivostok orqali Moskvadan uchib kelgan. Bu haqda Rossiyaning Xarbindagi bosh elchixonasiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Xitoy milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi matbuot xizmati ham koronavirusning xorijdan mamlakatga qaytib kirgani to‘g‘risida xabar berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda 78 yangi kasallik holati aniqlangan.