Xitoy sanoat banki Rossiyada 100dan ortiq ofis ochmoqchi
Xitoy sanoat va tijorat banki Rossiya hududida 100dan ortiq ofisini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sharqiy iqtisodiy forumdagi chiqishi chog‘ida bank prezidenti o‘rinbosari Jan Xongli ma’lum qildi.
“Istiqbolda biz Rossiyada bankimizning 100dan ortiq filialini ochmoqchimiz, bu orqali Rossiya aholisiga moliyaviy xizmatlarimizni kengroq taqdim etamiz”, - dedi u.
Uning fikricha, “Rossiya iqtisodiyoti hech qanday chegaraga ega emas – u tubsizdir”.
Shuningdek, u shu yo‘l bilan Rossiyadagi moliyaviy operatsiyalarda yuanning ishtirok etishi ta’minlanishiga umid bildirdi.