Rossiyada oxirgi kunda koronavirusga chalinganlar keskin ko‘paydi
Rossiyada so‘nggi bir kun ichida 1666 ta yangi koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda 11 aprel, shanba kuni infeksiya tarqalishini nazorat qilish bo‘yicha tezkor shtab telegram kanalida xabar berdi. Shtab-kvartiraning ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 49 mintaqasida yangi bemorlar aniqlandi. Ko‘pgina holatlar Moskvada - 1030, Moskva viloyatida - 152, Sankt-Peterburgda - 80ta qayd etilgan. Shunday qilib, mamlakatda ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 82 ta hududda 13 584 taga yetdi. Shu paytgacha 106 ta o‘lim holati qayd etildi, 1045 kishi tuzaldi.